Янгиликлар
Mehnat qonunchiligiga asosan vaxta usulida ishlovchi shaxslarga yillik mehnat ta’tili berishning o‘ziga xos xususiyatlari tartibi qanday?
Mehnat qonunchiligiga asosan vaxta usulida ishlovchi shaxslarga yillik mehnat ta’tili berishning o‘ziga xos xususiyatlari tartibi qanday?
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 471-moddasiga asosan vaxta usulida ishlovchi shaxslarga yillik mehnat ta’tili ular vaxtalar oralig‘idagi dam olish kunlaridan foydalanganidan keyin berilishi kerak.
Ushbu moddaning birinchi qismidagi talab vaxta usulida ishlovchi shaxslarning ta’tillar jadvalini tuzish chog‘ida hisobga olinishi kerak.
Agar vaxta usulida ishlovchi shaxsning yillik mehnat ta’tilining tugashi vaxtalar oralig‘idagi dam olish kunlariga to‘g‘ri kelsa, unda ish beruvchi xodimning roziligi bilan:
vaxta boshlanguniga qadar xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazishi;
vaxta boshlanguniga qadar xodimga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berishi;
xodimni vaxtaning boshqa smenasiga o‘tkazishi mumkin.
Yuqori Chirchiq tuman Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.Musiyevich