Янгиликлар
Mehnat qonunchiligiga asosan vaxtaning davomiyligi va vaxta usulida ishlash chog‘ida ish vaqtini hisobga olish tartibi qanday?
Mehnat qonunchiligiga asosan vaxtaning davomiyligi va vaxta usulida ishlash chog‘ida ish vaqtini hisobga olish tartibi qanday?
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 467-468-moddalariga asosan vaxta obyektda ishlarni bajarish vaqtini va smenalar o‘rtasida dam olish vaqtini o‘z ichiga oluvchi umumiy davrdir.
Vaxtaning davomiyligi bir oydan oshmasligi kerak.
Jamoa kelishuvlarida yoki jamoa shartnomasida belgilangan alohida hollarda ayrim obyektlarda vaxtaning davomiyligi uch oyga qadar uzaytirilishi mumkin.
Shuningdek, vaxta usulida ishlash chog‘ida ish vaqtini bir oy, chorak yoki boshqa uzoqroq muddatli davr uchun, lekin o‘n ikki oydan ko‘p bo‘lmagan davr uchun jamlab hisobga olish belgilanadi.
Hisobga olish davri quyidagilarni qamrab oladi:
xodimning vaxtada bo‘lgan davridagi ish vaqtini;
ish beruvchining joylashgan yeridan yoki to‘planish joyidan to ish bajariladigan joyga borish va ortga qaytish chog‘ida yo‘lda bo‘lish vaqtini;
mazkur kalendar davrga to‘g‘ri keladigan dam olish vaqtini.
Ish beruvchi vaxta usulida ishlaydigan har bir xodim ish vaqtining va dam olish vaqtining hisobini oyma-oy hamda butun hisobga olish davri uchun yuritishi shart.
Yuqori Chirchiq tuman Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.Musiyevich