Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mehnat jamoasi deganda nima tushuniladi. O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 36-modda. Mehnat jamoasi


Mehnat jamoasi deganda nima tushuniladi.

O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 36-modda. Mehnat jamoasi

Ish beruvchida mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan barcha xodimlar mehnat jamoasini tashkil etadi.

Mehnat jamoasi ijtimoiy sheriklik sohasidagi o‘z vakolatlarini umumiy yig‘ilish (konferensiya) o‘tkazish orqali amalga oshiradi.

Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi, agar unda ish beruvchida mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlarning yarmidan ko‘prog‘i hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.

Mehnat jamoasining konferensiyasi, agar unda tashkilot bo‘linmalari delegatlarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.

Mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishining (konferensiyasining) qarori, agar umumiy yig‘ilishda (konferensiyada) ishtirok etayotgan xodimlarning (delegatlarning) ellik foizidan ko‘prog‘i uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi.

Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi):

xodimlarning mehnat jamoasi manfaatlarini ifodalash vakolati berilgan vakillik organini belgilaydi;

jamoa shartnomasini ma’qullash yoki ma’qullamaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi;

amal qilishi tegishli xodimlarga va ish beruvchiga nisbatan tatbiq etiladigan jamoa kelishuvlarining, shuningdek jamoa shartnomasining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

jamoa kelishuvining, jamoa shartnomasining taraflar tomonidan ijro etilishi samaradorligiga baho beradi;

qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi.

 

Yuqorichirchiq tumani yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti R.Tuhtaev