Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Tashqi oʼrindoshlik asosida ishga kirayotgan fuqarolar taqdim etadigan xujjatlarni bilasizmi?


Tashqi oʼrindoshlik asosida ishga kirayotgan fuqarolar taqdim etadigan xujjatlarni bilasizmi?

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-son qaroriga ILOVА “Oʼrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʼgʼrisida” gi NIZOM ning 6-bandiga koʼra, Oʼrindoshlik asosida boshqa tashkilotga ishga kirayotgan shaxslar:

pasportni yoxud uning oʼrnini bosadigan hujjatni;

mehnat daftarchasi oʼrniga asosiy ish joyidan Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʼyicha maʼlumotnomani taqdim etishi shart.

Oʼrindoshlik asosida ishlash uchun ish beruvchining, asosiy ish joyidan kasaba uyushmasi qoʼmitasining (xodimlarning boshqa vakillik organining) yoki boshqa organning roziligi talab qilinmaydi.

Bajarilishi uchun faqat qonunchilikka muvofiq muayyan ish stajiga ega boʼlgan shaxslar qoʼyilishi mumkin boʼlgan ishga oʼrindoshlik asosida qabul qilishda asosiy ish joyidagi mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.

Maxsus bilimlarni talab etadigan oʼrindoshlik asosida ishga qabul qilishda ish beruvchi xodimdan maʼlumoti yoki kasb-hunar boʼyicha tayyorgarligi toʼgʼrisidagi diplomni yoxud boshqa hujjatni talab qilish huquqiga ega.

Oʼrindoshlik asosida ishlashga qabul qilishda ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

 

Yuqori Chirchiq tumani Аdliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi Bosh yuriskonsulti       J.Oʼ.Nishonov