Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Tashqi oʼrindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarning mehnatiga haq toʼlash tartibi toʼgʼrisida bilasizmi?


Tashqi oʼrindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarning mehnatiga haq toʼlash tartibi toʼgʼrisida bilasizmi?

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-son qaroriga ILOVА “Oʼrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʼgʼrisida” gi NIZOM ning II-boʼlimida Mehnatga haq toʼlash tartibi belgilangan boʼlib, uning 11-bandiga koʼra, Oʼrindoshlar mehnatiga haq toʼlash mehnat shartnomasiga muvofiq:

mehnatga haq toʼlashning ishbay shaklida – haqiqatda bajarilgan ish uchun;

mehnatga haq toʼlashning vaqtbay shaklida – ishlangan vaqtga mutanosib tarzda amalga oshiriladi.

Mehnatga haq toʼlashning ishbay tizimida ish haqi ishning qiymati boʼyicha hisoblanadi.

Аgar mehnatga haq toʼlashning vaqtbay shaklida oʼrindoshga normalangan topshiriq belgilansa, u holda mehnatga haq toʼlash xodim tomonidan amalda bajarilgan ish uchun ishning pirovard natijasi boʼyicha toʼlanadi.

Tuman koeffitsientlari va ish haqiga ustamalar belgilangan tumanlarda oʼrindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga mehnatga haq toʼlash koeffitsientlar va ustamalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

Oʼrindoshlik asosidagi ish uchun mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdori mehnat unumdorligiga yoki mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa shartlarga qarab, ishlangan vaqtga proportsional ravishda, qonunchilikda belgilangan Mehnatga haq toʼlashning yagona tarif setkasi boʼyicha birinchi razryad tarif koeffitsienti asosida hisoblab chiqilgan miqdordan past boʼlishi mumkin emas.

Xodimning oʼrtacha ish haqini hisoblab chiqishda, ushbu hisoblab chiqish maqsadlaridan qatʼi nazar, asosiy ish joyi boʼyicha va oʼrindoshlik boʼyicha ish uchun ish haqi alohida hisoblab chiqiladi.

Аgar jamoaviy shartnomada yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qoʼmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa mahalliy hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʼlsa, oʼrindoshlik asosida ishlovchilarga mehnat haqi, mukofot, qoʼshimcha haq, ustama, ragʼbatlantirish toʼlovlari shakli va tizimi tashkilotning barcha xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Yuqori Chirchiq tumani Аdliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi

bosh yuriskonsulti J.Oʼ.Nishonov