Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Ish beruvchining mehnat shartlarini xodimning roziligisiz oʼzgartirish huquqini bilasizmi?


Ish beruvchining mehnat shartlarini xodimning roziligisiz oʼzgartirish huquqini bilasizmi?

 

Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 137-moddasida, Ish beruvchining mehnat shartlarini xodimning roziligisiz oʼzgartirish huquqi berilgan boʼlib, unga koʼra,

Аgar texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʼzgarishlar, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmlarining qisqarganligi munosabati bilan avvalgi mehnat shartlari saqlab qolinishi mumkin boʼlmasa, ish beruvchi xodim mehnat shartnomasida shart qilib koʼrsatilgan mehnat vazifasini davom ettirayotganida xodimning roziligisiz mehnat shartlarini oʼzgartirishga haqli.

Аgar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʼlsa, ish beruvchi mehnat shartlarining kelgusidagi oʼzgarishi haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma shaklda, imzo qoʼydirib ogohlantirishi shart. Koʼrsatilgan muddatni qisqartirishga faqat xodim va ish beruvchi oʼrtasidagi kelishuvga koʼra yoʼl qoʼyiladi.

Ish beruvchi mehnat shartlarining kelgusidagi oʼzgarishi toʼgʼrisida xodimni ogohlantirishning ikki haftadan ortiq boʼlgan muddatini mutanosib pulli kompensatsiya bilan almashtirishga haqli. Bunda xodimni ogohlantirish paytidan eʼtiboran ikki haftalik ogohlantirish muddati faqat xodimning roziligi bilan pulli kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkin.

Аgar ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ogohlantirish muddati tugagach xodim yangi mehnat shartlarida mehnat qilishni rad etsa, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodim yangi mehnat shartlarida ishni davom ettirishni rad etganligi munosabati bilan unga ushbu Kodeksning 173-moddasiga muvofiq ishdan boʼshatish nafaqasi toʼlangan va 100-moddasida nazarda tutilgan kafolatlar taqdim etilgan holda bekor qilinishi mumkin.

Аgar oʼzining mehnat shartlari oʼzgartirilayotgan xodimlar soni ushbu Kodeksning 98-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan miqdorga teng boʼlsa yoki undan oshadigan boʼlsa, ish beruvchi xodimlar uchun mehnat shartlarining oʼzgartirilishi xususida kasaba uyushmasi qoʼmitasi bilan dastlabki maslahatlashuvlar oʼtkazadi.

Mehnat shartlari noqulay tarzda oʼzgargan taqdirda, ish beruvchi, agar mehnat shartlari yomonlashayotgan xodimlar soni ushbu Kodeksning 98-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan miqdorga teng boʼlsa yoki undan oshadigan boʼlsa, mahalliy mehnat organiga, shuningdek kasaba uyushmalarining hududiy yoki tarmoq birlashmasiga bunday oʼzgarishlarning sabablari toʼgʼrisida axborot taqdim etishi shart.

 

Yuqori Chirchiq tumani Аdliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi

bosh yuriskonsulti J.Oʼ.Nishonov