Янгиликлар
Jamoaviy mehnat nizosini mehnat arbitrajida hal etish (tartibga solish) toʼgʼrisida tushunchaga egamisiz?
Jamoaviy mehnat nizosini mehnat arbitrajida hal etish (tartibga solish) toʼgʼrisida tushunchaga egamisiz?
Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 576-moddasida
Jamoaviy mehnat nizosini mehnat arbitrajida hal etish (tartibga solish) tartibi belgilangan boʼlib, unga koʼra, Mehnat arbitraji jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) boʼyicha organdir. Vaqtinchalik mehnat arbitraji jamoaviy mehnat nizosi taraflari tomonidan mazkur jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) uchun jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) boʼyicha tegishli davlat organi bilan birgalikda tuziladi. Tegishli ijtimoiy-mehnat masalalari boʼyicha uch tomonlama komissiyaning qaroriga koʼra komissiya huzurida taraflarning kelishuvi asosida hal etish (tartibga solish) uchun oʼziga topshiriladigan jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) maqsadida doimiy asosda faoliyat koʼrsatuvchi mehnat arbitraji tuzilishi mumkin.
Jamoaviy mehnat nizosini mediator ishtirokida hal etish (tartibga solish) yakunlanganidan keyin kelishmovchiliklar bayonnomasi tuzilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay yoxud mediator nomzodi xususida jamoaviy mehnat nizosi taraflarining kelishuviga erishilishi kerak boʼlgan muddat tugagach yoki taraflarning yoki taraflardan biri jamoaviy mehnat nizosini mediator ishtirokida hal etishni (tartibga solishni) rad etganligi toʼgʼrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilganidan keyin jamoaviy mehnat nizosining taraflari jamoaviy mehnat nizosini mehnat arbitrajida hal etish (tartibga solish) yuzasidan muzokaralar oʼtkazishi shart.
Jamoaviy mehnat nizosi taraflari jamoaviy mehnat nizosini mehnat arbitrajida hal etishga (tartibga solishga) rozi boʼlgan taqdirda, ular tomonidan mehnat arbitrajining qarorlarini bajarish majburiyligi toʼgʼrisidagi shartni oʼz ichiga olgan tegishli kelishuv tuziladi. Shundan soʼng jamoaviy mehnat nizosining taraflari ijtimoiy sheriklikning birlamchi darajasida jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) ikki ish kunigacha boʼlgan muddatda, ijtimoiy sheriklikning boshqa darajalarida jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) esa toʼrt ish kunigacha boʼlgan muddatda jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) boʼyicha tegishli davlat organi bilan birgalikda ushbu jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) uchun vaqtinchalik mehnat arbitrajini tuzishi yoxud uni tegishli ijtimoiy-mehnat masalalari boʼyicha uch tomonlama komissiya huzurida tashkil etilgan doimiy asosda faoliyat koʼrsatuvchi mehnat arbitrajiga hal etish (tartibga solish) uchun topshirishi shart.
Vaqtinchalik mehnat arbitrajining tarkibi va reglamenti ish beruvchining (ish beruvchilar vakilining), xodimlar vakilining hamda jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) boʼyicha davlat organining qarori bilan belgilanadi. Doimiy asosda faoliyat koʼrsatuvchi mehnat arbitrajida jamoaviy mehnat nizosini hal qilish (tartibga solish) uchun mehnat arbitrajining tarkibini shakllantirish tartibi hamda uning reglamenti tegishli ijtimoiy-mehnat masalalari boʼyicha uch tomonlama komissiya tomonidan tasdiqlanadigan doimiy asosda faoliyat koʼrsatuvchi mehnat arbitraji toʼgʼrisidagi nizom bilan belgilanadi. Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari boʼyicha respublika uch tomonlama komissiyasining fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda doimiy asosda faoliyat koʼrsatuvchi mehnat arbitrajining namunaviy nizomi tasdiqlanishi mumkin.
Jamoaviy mehnat nizosi ijtimoiy sheriklikning birlamchi darajasida jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) ushbu nizo taraflarining vakillari ishtirokida besh ish kunigacha boʼlgan muddatda, jamoaviy mehnat nizosini ijtimoiy sheriklikning boshqa darajalarida hal etishda esa vaqtinchalik mehnat arbitraji tuzilgan yoki jamoaviy mehnat nizosi doimiy asosda faoliyat koʼrsatayotgan mehnat arbitrajiga hal etish (tartibga solish) uchun topshirilgan kundan eʼtiboran oʼn ish kunigacha boʼlgan muddatda mehnat arbitrajida hal etiladi (tartibga solinadi).
Mehnat arbitraji:
jamoaviy mehnat nizosi taraflarining murojaatlarini koʼrib chiqadi;
jamoaviy mehnat nizosiga taalluqli boʼlgan zarur hujjatlar va maʼlumotlarni oladi;
zarur boʼlgan hollarda, davlat boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini va fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlarini jamoaviy mehnat nizosining ehtimol tutilgan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa oqibatlari toʼgʼrisida xabardor qiladi;
jamoaviy mehnat nizosining mohiyatiga koʼra qaror qabul qiladi.
Mehnat arbitraji qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Mehnat arbitrajining jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) toʼgʼrisidagi qarori ushbu nizo taraflariga qaror qabul qilingan kunning keyingi ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda topshiriladi.
Yuqori Chirchiq tumani Аdliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti J.Oʼ.Nishonov