Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Yakka tartibdagi mehnat nizosining koʼrib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqi kimlarga berilganidan xabardormisiz?


 Yakka tartibdagi mehnat nizosining koʼrib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqi kimlarga berilganidan xabardormisiz?

 

Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 559-moddasida,

Yakka tartibdagi mehnat nizosining koʼrib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega boʼlgan xodimlar belgilangan boʼlib, unga koʼra, yakka tartibdagi mehnat nizosining koʼrib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega:

1) xodim yoki kasaba uyushmasi qoʼmitasi;

2) Davlat mehnat inspektsiyasining mansabdor shaxslari;

3) ish beruvchi, u mehnat nizolari boʼyicha komissiyaning qaroridan norozi boʼlganda, shuningdek oʼziga xodim tomonidan yetkazilgan moddiy zararning oʼrnini qoplash haqidagi nizolar boʼyicha;

4) qonunchilikda belgilangan tartibda adliya organlari;

5) prokuror.

 

Yuqori Chirchiq tumani Аdliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi

bosh yuriskonsulti J.Oʼ.Nishonov