Янгиликлар
Tibbiyot xodimlari mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʼziga xos xususiyatlari toʼgʼrisida bilasizmi?
Tibbiyot xodimlari mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʼziga xos xususiyatlari toʼgʼrisida bilasizmi?
Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 502-moddasida Tibbiyot xodimlari mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʼziga xos xususiyatlari belgilangan boʼlib, unga koʼra, Tibbiyot xodimlari uchun ish vaqtining haftasiga oʼttiz olti soatdan ortiq boʼlmagan qisqartirilgan davomiyligi belgilanadi.
Аyrim toifadagi tibbiyot xodimlari yillik qoʼshimcha mehnat taʼtili olish huquqiga ega.
Tibbiyot xodimlari ish vaqtining va yillik qoʼshimcha mehnat taʼtilining davomiyligi, shuningdek ularning mehnatiga haq toʼlash razryadlari hamda tarif stavkasiga (maoshga) qoʼshimcha toʼlovlar va ustamalar Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Rahbar xodimlar mehnatiga haq toʼlash boʼyicha tibbiyot tashkilotlari guruhlari oʼzi bevosita boʼysunadigan sogʼliqni saqlashni boshqarish organlari tomonidan, davolangan bemorlar soniga qarab — statsionar muassasalar uchun, xizmat koʼrsatiladigan aholi soniga qarab — ambulatoriya-poliklinika xizmati va boshqa tibbiyot tashkilotlari uchun belgilanadi.
Аgar shifokorning mutaxassisligi boʼyicha ish stajida uch yil yoki undan ortiq tanaffus mavjud boʼlsa (ijtimoiy taʼtillar, tibbiyotga ixtisoslashmagan mutaxassislikda ishlash, uzoq davom etgan kasallik, nogironlik va boshqalar), shifokor oʼz kasbiy faoliyatini qayta boshlashdan oldin avvalgi yillarda olinganligi toʼgʼrisida hujjat bilan tasdiqlangan mavjud bazaviy, asosiy yoki qoʼshimcha mutaxassislikka muvofiq ixtisoslashuv kurslaridan oʼtishi shart. Ixtisoslashuv kurslaridan oʼtish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Yuqori Chirchiq tumani Аdliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Oʼ.Nishonov