Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi 80-sonli “Maʻmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʻuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” Farmoni imzolandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi 80-sonliMa’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘grisida” Farmoni imzolandi

         Farmonga asosan, adliya organlari faoliyatini hududlarda samarali tashkil etish hamda huquqiy xizmatlar qamrovini yanada oshirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlariga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan: 

joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni ko‘rib chiqish va hal etish uchun har oyda mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlarini o‘tkazish. Bunda olis hududlardagi mahallalarda har oyda kamida ikki marotaba sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatib borish;

uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; 

“mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish, shuningdek ular tomonidan “Online-mahalla” platformasiga kiritilgan aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarini hal etib borish;

aholiga, avvalambor “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash; yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilish;

davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam ko‘rsatib borish.

Ushbu farmon ijrosi yuasidan adliya bo‘limlari tomonidan hozirgi kunda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan Bekobod shahar adliya bo‘limi tomonidan uyma-uy yurish tadbirlari davomida, Shirin mahalla fuqarolar yig’inida turuvchi fuqaro Pirnazarov Abdullajon Ergashevichning 2023 yildan bugungi kungacha ish joyidan tegishli ustama haqqi to‘lanmayotganligi bo‘yicha “Mahalla Adliya” elektron platformasi orqali murojaati qabul qilib olindi.

Murojaatni o‘rganish davomida Fuqaro Pirnazarov Abdullajon Ergashevich 2023 yil 7 yanvar kunidan Bekobod shahar Tibbiyot birlashmasida iqtisodiy va umumiy masalalar bo‘yicha boshliq o‘rinbosari lavozimida ishlab kelishi va bundan oldin xam ushbu tizimda turli lavozimlarda ishlab kelganligi, xodimga faoliyat yuritgan mehnat yillari davomida, 2023 yil ishlagan davri uchun 21.052.521 (yigirma bir million ellik ikki ming besh yuz yigirma bir) so‘m va 2024 yil ishlagan davri uchun 26.621.599 (yigirma olti million olti yuz yigirma bir ming besh yuz to‘qson to‘qqiz) so‘m jami bo‘lib 47.674.120 (qirq yetti million olti yuz yetmish to‘rt ming bir yuz yigirma) so‘m miqdorda qo‘shimcha ustamalari to‘lanmaganligi maʼlum bo‘ldi.

O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2022 yil 17 maydagi “tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-136-son farmonining 7-bandida berilgan topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 iyuldagi “o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi barcha turdagi byudjet muassasalarining boshqa (boshqaruv, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi) xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tarif razryadlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi" 4-sonli buyrug‘i qabul qilingan bo‘lib, ushbu buyruqning 1-ilovasiga asosan 2023 yil 1 yanvardan boshlab davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan mutaxassisligi bo‘yicha ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to‘lanishi belgilangan. unga ko‘ra bir yildan uch yilgacha bo‘lgan ish staji uchun 0,3, uch yildan besh yilgacha bo‘lgan ish staji uchun 0,60, besh yildan yetti yilgacha ish staji uchun 1,0 va yetti yil va undan yuqori bo‘lgan ish staji uchun 1,2 miqdorda har oylik ustama to‘lanishi, ish stajini belgilash uchun xodimning mehnat daftarchasi asos hisoblanishi, hamda davlat va nodavlat muassasalarida mutaxassislik (moliya, iqtisod, buxgalteriya) bo‘yicha faoliyat yuritgan barcha davrlardagi umumiy ish staji hisobga olinishi belgilangan.

O‘zbekiston respublikasi mehnat kodeksining 25-moddasida ish beruvchi xodimlarga berilishi lozim bo‘lgan ish haqini ushbu kodeksga, jamoa shartnomasiga, ichki mehnat tartibi qoidalariga, boshqa ichki hujjatlarga, mehnat shartnomalariga muvofiq belgilangan muddatlarda to‘liq hajmda to‘lashi, shuningdek ushbu kodeksning 244-moddasiga asosan ish beruvchining o‘z moliyaviy ahvolidan qatʼi nazar, qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq xodimlar tomonidan bajarilgan ish uchun haq to‘lashni amalga oshirish majburiyatini mustahkamlab qo‘yilgan

Yuqoridagilarga asosan Bekobod shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaroning manfaatida fuqarolik ishlar bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudiga ariza kiritilishi hamda ish sudda ko‘rilib fuqaroga jami 47.674.120 (qirq yetti million olti yuz yetmish to‘rt ming bir yuz yigirma) so‘m to‘lovlar to‘lab berilishi ta’minlandi.

Ushbu holatlar nafaqat Bekobod shahar adliya bo‘limi balki 22 ta tuman shaharlarda ham samarali tashkil etilmoqda.     

Natijada fuqarolar Farmon ijrosini ortiqcha ovvoragarchiliksiz, uylaridan chiqmagan holda o‘z muammolariga yechim topish orqali his qilmoqdalar.

 

 

 


Toshkent viloyat adliya boshqarmasi
huquqiy axborot sho‘basi bosh maslahatchisi                      Sh.No‘monov.