Янгиликлар
MEROS MULKI QANDAY RASMIYLASHTIRILADI?
MEROS MULKI QANDAY RASMIYLASHTIRILADI?
Fuqarolik kodeksining 1116-moddasiga koʻra meros fuqaroning oʻlimi yoki uning sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilinishi oqibatida ochiladi.
Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma meros ochilgan kundan eʼtiboran olti oy oʻtganidan keyin beriladi.
Fuqarolik kodeksining 1135-moddasidaga muvofiq, konun buyicha birinchi navbatdagi merosxoʻrlar meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun boʻyicha birinchi navbatdagi vorislik xuquqiga ega boʻladilar.
Meros qoldiruvchining vafotidan keyin tutilgan bolalari ham birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar. Meros ochilgan joydagi notarius merosxoʻrlarning yozma arizalariga koʻra merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar beradi.
Meros qoldiruvchi bilan merosxoʻrlarning qarindoshlik munosabatlari tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, tugʻilganligi va nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar, qarindoshlik yoki boshqa munosabatlarning haqiqiyligini belgilovchi sud hujjati va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
Notarius jismoniy va yuridnk shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa xujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega.
Agar meros mulki tarkibiga avtomototransport vositalari kirsa, notarius meros qoldiruvchiga ushbu mol-mulk mulk huquqi asosida tegishliligini tasdiqlovchi hujjatni, shuningdek, avtotransport vositasi taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini tekshiradi.
Agar meros mol-mulkka nisbatan taqiq va xatlov qoʻyilgan boʻlsa, taqiq va xatlov olib tashlanmagunga qadar merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani berish toʻxtatib turiladi.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov