Янгиликлар
SUD QANDAY HOLLARDA MAʼMURIY JARIMANI KAMAYTIRIB BERISHI MUMKIN.
SUD QANDAY HOLLARDA MAʼMURIY JARIMANI KAMAYTIRIB BERISHI MUMKIN.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 31-moddasiga koʻra,
quyidagi maʼmuriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar huquqbuzarlik sodir qilgan shaxsga yengilroq maʼmuriy jazo qoʻllanishiga yoki unga qoʻllanib boʻlingan jarima miqdori sud hamda vakolatli shaxs tomonidan kamaytirilishiga asos boʻlishi mumkin:
aybdorning sodir etgan huquqbuzarligidan chin koʻngildan pushaymon boʻlishi;
aybdorning huquqbuzarlikning zararli oqibatlari oldini olishi, yetkazilgan ziyonni ixtiyoriy ravishda toʻlashi yoki keltirilgan zararni bartaraf qilishi;
huquqbuzarlikning kuchli ruhiy hayajon taʼsirida sodir etganligi yoki ogʻir shaxsiy, oilaviy yoxud boshqa sharoitlar yuzaga kelganligi oqibatida sodir etilishi;
huquqbuzarlikning tahdid yoki majburlov taʼsirida yoxud xizmat yuzasidan, moddiy yoki boshqa jihatdan qaramligi taʼsiri ostida sodir etilishi;
huquqbuzarlikning voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilishi kabi holatlar mavjud boʻlganda;
huquqbuzarlikning homilador ayol yoki 14 yoshgacha boʻlgan bolasini yakka oʻzi tarbiyalayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi.
Shuningdek, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) boshqa holatlarni ham javobgarlikni yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov