Янгиликлар
NIKOHDAN OʻTISH UCHUN QAYSI JOYDAGI FHDYO BOʻLIMIGA MUROJAAT QILISH KERAK
NIKOHDAN OʻTISH UCHUN QAYSI JOYDAGI FHDYO BOʻLIMIGA MUROJAAT QILISH KERAK
Oila kodeksining 212-moddasiga asosan,
Nikohni qayd etish, nikohlanuvchi shaxslar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joydan qatʼi nazar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan amalga oshiriladi deb belgilangan.
Bu degani qizigʻi yoʻq degani. Biringiz vodiy, yana biringiz vohadan ekanligingizni FHDYO boʻlimlariga ahamiyati yoʻq degani. Sizlarni doimiy yoki vaqtincha "Propiskangiz" qayerda boʻlishidan qatʼi nazar Sizlar Oʻzbekiston boʻylab istalgan FHDYO boʻlimiga murojaat qilishingiz mumkin va ular Sizlarni nikohdan oʻtkazib baxtli qilib qoʻyaveradi degani.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov