Янгиликлар
Qachon sud arizani koʻrmasdan qoldiradi.
Qachon sud arizani koʻrmasdan qoldiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 122-moddasiga asosan Arizani koʻrmasdan qoldirish asoslari
Sud quyidagi hollarda arizani koʻrmasdan qoldiradi, agar:
1) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
2) manfaatdor shaxs nomidan ariza ish yuritishga vakolati boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
3) fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, iqtisodiy sudning yoki hakamlik sudining ish yurituvida ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa;
4) taraflar oʻrtasida ushbu nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish toʻgʻrisida hakamlik bitimi tuzilgan boʻlsa;
5) ishni oʻzining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan taraflar ikkinchi chaqiruv boʻyicha ham uzrli sabablarsiz sudga kelmasa, sud esa ishga oid mavjud materiallar asosida ishni hal qilish mumkin emas, deb hisoblasa;
6) ishni oʻzining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan daʼvogar ikkinchi chaqiruv boʻyicha sudga kelmasa, javobgar esa ishni mazmunan koʻrishni talab qilmasa;
7) alohida tartibda yuritiladigan ishni muhokama qilish vaqtida sudga taalluqli huquq toʻgʻrisida nizo kelib chiqsa;
8) xotini homilador boʻlgan vaqtda yoki bola tugʻilganidan keyin bir yil davomida er xotinining roziligisiz nikohni bekor qilish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etgan boʻlsa;
9) daʼvogar tomonidan arizani koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida ariza berilgan boʻlsa;
9-1) daʼvogarning manfaatlarini koʻzlab prokuror, davlat organi, tashkilot va boshqa shaxs tomonidan taqdim etilgan daʼvodan daʼvogar voz kechgan boʻlsa va bunda uchinchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qilinmasa;
10) daʼvogar tomonidan nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
10-1) daʼvogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etmagan boʻlsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
10-2) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish haqida iltimosnoma bilan arz qilgan taraflar uni amalga oshirish muddati tugaganidan soʻng sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmasa;
10-3) taraflar oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilgan boʻlsa;
11) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza qonunda belgilangan muddatdan oldin yoki egasiz mol-mulkni (ashyoni) aniqlash va hisobga olishning qonunda nazarda tutilgan tartibi buzilgan holda berilgan boʻlsa.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov