Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Energiya tejamkorligi uchun hissa qo’shamiz.


Energiya tejamkorligi uchun hissa qo’shamiz.

Bugungi kunda mavjud energo resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish – davr talabi. Buning uchun foydalanilmayotgan elektr jihozlari va yoritish uskunalarini tarmoqdan uzib qo‘yish, ya’ni ofis yoki yashash xonalaridan chiqayotganingizda elektr jihozlarini kutish rejimida qoldirmasdan, ularni o‘chirib, tarmoqdan uzish orqali tejamkorlik tomon qadamni tashlagan bo‘lasiz. Shuningdek, ish joyi va xonadonlarni ko‘proq tabiiy yorug‘likdan ya’ni quyosh nuridan foydalangan holda yoritishga alohida e’tibor qaratish zarur. Yana bir muhim masala, Siz, ko‘cha-ko‘yda, mahallada, dam olish maskanlari-yu boshqa jamoat joylarida foydalanilmayotgan elektr jihoz va qurilmalarini tarmoqdan uzib qo‘yishni talab qilsangiz – energiya tejamkorligi va samaradorligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda o’z hissangizni qo’shgan bo’lasiz.

Ofis xonalarining eshik va deraza romlari qishda issiq, yozda sovuq haroratni saqlash uchun izolyasiya qilingan bo‘lishi, energiya tejamkor maishiy texnika va yoritish uskunalaridan foydalanish — energiya samaradorligi uchun dastlabki qadam hisoblanadi. Xuddi shu kabi neft-gaz mahsulotlaridan ham tejamkorlik bilan foydalanib, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish mumkin. Isitish va sovitish jihozlaridan ham to‘g‘ri, oqilona foydalanish — energiya samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri.  Ushbu ko‘rsatkichlar, avvalo, shaharsozlik loyihalari, bino-inshootlar qurilishini loyihalashtirish, qurilish materiallarini tanlash, sifatli qurish jarayoni, bino-inshootlarning ichki intererni jihozlash, bino-inshootlardan foydalanish me’yorlariga amal qilish bilan chambarchas bog‘liq. Oddiy so‘z bilan aytganda, noto‘g‘ri qurilgan bino-inshootdan tortib noto‘g‘ri foydalanilgan oddiy maishiy uskuna-jihozlargacha — iqtisodiyotga katta zarar, jamiyat va davlat taraqqiyotining kushandasi hisoblanadi.

 

Olmaliq shahar adliya bo’limi

Davlat xizmatlari markazi direktori R.A.Xamrayev