Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

FARZANDLIKGA OLISH TARTIBINI BILASIZMI ?


 

FARZANDLIKGA OLISH TARTIBINI BILASIZMI ?

 

Farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini ko’zlab yo’l qo’yiladi.

Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga ko’ra, vasiylik va xomiylik organlarining farzandlikga olishning asosliligiga va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga to’g’ri kelishi xaqidagi xulosasi hisobiga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.

Farzandlikka olish to’g’risidagi ishlar O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik prosessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar bo’yicha alohida ish yuritish tartibida, farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va xomiylik organlari vakillari, shuningdek prokuror ishtirokida sud tomonidan ko’rib chiqiladi.

Aka-ukalar va opa singillarni turli shaxslar tomonidan farzandlikka olishga yo’l qo’yilmaydi,farzandlikka olish bolalarning manfaatlariga muvofiq kelgan hollarda bundan mustasno.

 

 

Oqqorg’on tumani

FHDYo bo’limi mudirasi                                                          Muratova Kamola