Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Pensioner xodim vafot etsa tashkilot ham "Dafn puli" toʻlashi shartmi?


Pensioner xodim vafot etsa tashkilot ham "Dafn puli" toʻlashi shartmi?

Pensioner vafot etgan oy uchun olinmay qolgan pensiya puli koʻrsatib oʻtilgan oila aʻzolariga ushbu oy uchun toʻliq toʻlanadi.

Masalan, pensioner 1-noyabr kuni vafot etdi. Hali noyabr oyi pensiyasini olmagan. 1-noyabr sanasida vafot etgan pensionerning noyabr oyi pensiyasi oila aʻzolariga toʻliq toʼlab beriladi.

Pensioner vafot etgan taqdirda uning oilasiga yoki pensionerning dafn marosimini oʻtkazgan shaxsga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining toʻrt barobari miqdorida dafn etish nafaqasi toʻlanadi.

Bugungi kunda pensiyani hisoblash bazaviy miqdori 4️28ming soʻm. Shunda 428 ming*4=1 million 712 ming soʻm “dafn puli” toʻlab beriladi. Soliq kodeksi 369-moddasi 1-qismi 7-bandiga koʻra, davlat pensiyalari, qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar, bundan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (oilaning betob aʻzosini parvarish qilish boʻyicha nafaqa) mustasno jami daromad tarkibiga kiritilmaydi.

Yaʻni sodda qilib aytganda, “dafn puli” toʻliq qoʻlga tegadi, unga soliq solinmaydi.

Koʻrsatib oʻtilgan pullar, ularni olish uchun pensioner vafot etganidan keyin 60 kun ichida murojaat etilgan taqdirda toʻlanadi.

Yaʻni 60 kundan keyin murojaat qilingan boʼlsa, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan pullar yaʻni pensiya va “dafn puli” toʻlanmaydi.

Asos: “Fuqarolarning davlat pensiya taʻminoti toʻgʻrisida”gi Qonun 63-moddasi Pensioner vafoti munosabati bilan "dafn puli" davlat budjetdan toʻlanadi.

Agar tashkilotning ichki hujjatlarida xodim yoki uning yaqin qarindoshlari vafoti munosabati "dafn puli" nazarda tutilgan boʻlsagina, tashkilot ham "dafn puli" toʻlashi kerak. Uning miqdori tashkilot ichki hujjatlarda belgilangan boʻladi. Agar tashkilot ichki hujjatlarida "dafn puli" nazarda tutilmagan boʻlsa, u holatda tashkilot bu toʻlovni toʻlashga majbur emas.

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                                   S.Djamalov