Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Qaror va Farmon. Farqi nimada?


Qaror va Farmon. Farqi nimada?

Har ikkala hujjat ham oʻziga xos boʻlib, davlat miqyosida turli masalalarni yechimi uchun qabul qilinadi. Mazkur hujjatlarni qabul qilish qonunchilik bilan tartibga solinadi.

Qaror va Farmon – normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.

Farmon - faqat Prezident tomonidan qabul qilinib, u umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi, shuningdek, u jamiyat hayoti sohalarini isloh qilish, davlat organlarini tashkil etish yoki tugatish (va h.k.) masalalarida qabul qilinadi.

Qaror - Prezident, Vazirlar Mahkamasi, Vazirliklar, Hokimlar tomonidan ham u yoki bu masalani hal etish vazifasi yuklanib qabul qiladigan hujjati hisoblanadi.

Farmon va qarorlarga ustunlik berilmay, qonun osti hujjatlari turkumini tashkil etishadi.

 

Yangi yoʻl tumani Adliya boʻlimi

YXKM Bosh yuriskonsult                                            Sh.Amriyev