Янгиликлар
Buyruq va farmoyishlar qanday farqlanadi?
Buyruq va farmoyishlar qanday farqlanadi?
Hech ish beruvchining buyrugʻi va farmoyishi oʻrtasida qanday farq borligiga qiziqqanmisiz?
Aslida, haqiqatdan ham, buyruqlar va farmoyishlarni tayyorlash bilan bogʻliq jarayonda ularni oʻzaro farqlovchi norasmiy qoidalar mavjud.
Bu borada agarda qonun hujjatlarida aynan koʻrsatib oʻtilmagan boʻlsada, ushbu hujjatlardan foydalanishda ularning farqlovchi ayrim omillariga eʼtiboringizni qarataman.
Masalan, ushbu hujjatlarni texnik jihatdan quyidagi tartibda farqlab olishimiz mumkin.
-Muddatiga koʻra:
buyruqlar – uzoq muddatli;
farmoyishlar – qisqa muddatli.
-Amal qilish muddatiga koʻra:
buyruqlar – bekor boʻlgunga qadar;
farmoyishlar – ijro etilguniga qadar.
Imzolash shartlariga koʻra:
buyruqlar – tashkilot rahbari va tegishli tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari tomonidan imzolanadi;
farmoyishlar – tashkilot rahbari tomonidan.
-Hal qiluvchi masalalari boʻyicha:
buyruqlarda – tashkiliy-huquqiy masalalar;
farmoyishlarda – tezkor masalalar hal etiladi.
-Hajmi jihatidan:
buyruqlar – biror-bir masalani atroflicha va chuqur qamrab oladi;
farmoyishlar – qisqa mazmunli, odatda bir martalik topshiriq va koʻrsatmalarni tezkor bajarish uchun qabul qilinadi.
Yangi yoʻl tumani Adliya boʻlimi
YXKM Bosh yuriskonsult Sh.Amriyev