Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

XODIMLARNING SHAHSIY YIGʻMAJILDLARI


XODIMLARNING SHAHSIY

YIGʻMAJILDLARI

Korxonada shahsiy yigʻmajildlarni shakllantirish yigʻmajild egasi hisoblangan xodimni ishga qabul qilish vaqtidan boshlanadi. Har bir xodim uchun alohida papka tutiladi. Ushbu papka ichidagi maʼlumotlar xronologik tartibda joylashtiriladi. Agar yigʻmajildda xodimlarning shaxsiy hujjatlari nusxalari saqlansa, ular tegishli ravishda tasdiqlanishi kerak. Odatda, xodimning mehnat faoliyati bilan bogʻliq barcha materiallar va hujjatlar uning shaxsiy mehnat faoliyati bilan bogʻliq. Ular shartli ravishda uch guruhga boʻlinishi mumkin.

Demak, xodimning shahsiy yigʻmajildidagi hujjatlar quyidagi hujjatlar guruhidan iboratdir:

ishga qabul qilish bilan bogʻliq hujjatlar (shaxsiy maʼlumotlarga doir hujjatlar, soʻrovnoma, tarjimaiy hol, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning nusxalari, turli sertifikatlar, mehnat shartnomasi, qabul qilish toʻgʻrisidag buyruq, toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi shartnomalar, maxfiy axborotni oshkor qilmaslik toʻgʻrisidagi tilhat va h. k.);

mehnat jarayoni bilan bogʻli hujjatlar (mehnat shartnomasiga qoʻshimcha bitimlar; ish joyini koʻchirish, ragʻbatlantirish, intizomiy jazo choralarini qoʻllash, attestatsiya oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqlar; davriy tibbiy koʻriklar (tekshiruvlar); malaka oshirish hujjatlari nusxalari va boshqalar);

ishdan boʻshatish bilan bogʻliq hujjatlar (ishdan boʻshash toʻgʻrisidagi ariza, ishdan boʻshash toʻgʻrisidagi buyruqning asoslari, ishdan boʻshatish tartibotiga doir hujjatlar).

Xodimning shahsiy yigʻmajildini yuritish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

hisobga olish hujjatlariga anketa-biografik maʼlumotlar va mehnat faoliyatida barcha oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritish;

yigʻmajildga kiruvchi materiallarni unga kiritish va ularni olib tashlash;

maʼlumot berish va nusxalarni tasdiqlash;

xodimlar tarkibini ichki inventarizatsiyadan oʻtkazish;

yigʻmajildni toʻldirish;

yigʻmajildlarning mavjud holatini muntazam tekshirish;

yigʻmajildni yopish, arxivga topshirish va boshqalar.

Xodimlarning shahsiy yigʻmajildi shakli mustaqil ravishda ishlab chiqilishi mumkin. Koʻpincha, yigʻmajildning dastlabki tashqi qismi uning raqamlari, ochilgan sanalar, sarlavhalari, yopilish sanalari yigʻmajildning ustunlariga kiritiladi.

Shaxsiy yigʻmajildlar hisobga olinadi va qatʼiy tartibda (qulflanadigan seyf yoki javonlarda) saqlanadi.

 

Yangi yoʻl tumani Adliya boʻlimi

YXKM Bosh yuriskonsult                                            Sh.Amriyev