Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

SHARTNOMALAR TUZISHDA ANIQLIK VA NOANIQLIK MASALASI


SHARTNOMALAR TUZISHDA ANIQLIK VA NOANIQLIK MASALASI

 

Unutmang, shartnoma tuzishda koʻp maʼnolik va noaniqlikka yoʻl qoʻymaslik lozim.

Shartnoma shartlarini ishlab chiqishda tushunarsizlikka, koʻp maʼnolikka yoʻl qoʻymaslik lozim. Shartnomaning har bir sharti aniq va tushunarli ifoda etilishi kerak. Shartnomalarni tuzishda baʼzan har bir harf, vergul ahamiyatga egadir. Baʼzan bosh harfning yoʻqligi, ortiqcha vergul yoki uning yoʻqligi va shu kabi boshqa holatlar shartnomaning mazmunini butunlay oʻzgartirib yuborishi mumkinligini alohida eʼtiborga olmoq lozim. Shartnoma boʻyicha agar biror narsa tushunarsiz boʻlganda, u yoki bu soʻz yoki soʻz birikmasi qanday maʼnoga ega ekanligi haqida tegishli mutaxassisdan maʼlumot soʻrash maqsadga muvofiqdir. Ayrim holatlarda shartnoma boʻytcha shartnomaga faqatgina oʻzi yaxshi tushunadigan soʻzlarni yoki qoidalarni ataylab kiritishi mumkin, bu holatda banknnig manfaatlariga umuman kutilmagan tomondan zarar yetkazilishi mumkin.

Fuqarolik Kodeksi (363-modda)ga muvofiq shartnoma shartlarini sharhlashda sud undagi soʻz va iboralarning asl maʼnosini eʼtiborga oladi. Shuni anglab olish lozimki, shartnoma nizo chiqqan taqdirda sud jarayonida eng muhim yozma dalil boʻlib hisoblanadigan hujjatdir.

Tuziladigan shartnomadagi barcha boʻlimlarni, bandlarni, jumla, soʻz, atamalarni, uning ilovalarini, shuningdek taraflarning manzillari, bank rekvizitlarini – umuman barchasini, shartnomaning toʻliq mazmunini toʻliq tekshirib chiqish kerak. Tarafalarning imzolari toʻliq, aniq va tushunarli tarzda belgilanishi lozim.

Agar biror narsa tushunarsiz boʻlsa, bu termin aynan nimani anglatishini, u yoki bu soʻz birikmasi, ibora yoxud jumla qanday maʼnoni anglatishini mutaxassisdan soʻrash zarur.

 

Yangi yoʻl tumani Adliya boʻlimi

YXKM Bosh yuriskonsult                                            Sh.Amriyev