Янгиликлар
Muayyan huquqdan mahrum qilish deb sud tomonidan tayinlagan muddat davomida aybdorning:
Muayyan huquqdan mahrum qilish deb sud tomonidan tayinlagan muddat davomida aybdorning:
- korxona, muassasa yoki tashkilotlarda u yoki bu mansabni egallashini;
- u yoki bu faoliyat bilan shugʻullanishini taqiqlashdan iborat boʻlgan jazo chorasiga aytiladi.
Masalan: Haydovchilik huquqidan mahrum qilish, rahbarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish.
Ushbu jazo turi quyidagi muddatlarga tayinlanadi:
- 1 yildan 5 yilgacha (asosiy jazo tariqasida);
- 1 yildan 3 yilgacha (qoʻshimcha jazo tariqasida).
Muayyan huquqdan mahrum qilish - odatda asosiy jazo tariqasida:
- aybdor mansabi yoki ish faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan jinoyatni sodir etganda;
- JK Maxsus qismining tegishli moddasi sanksiyasida asosiy jazo turi sifatida nazarda tutilgandagina tayinlanadi.
Qoʻshimcha jazo tariqasida esa - JK Maxsus qismining tegishli moddasida asosiy jazo tariqasida nazarda tutilmagan boʻlsa, har qanday turdagi asosiy jazoga qoʻshimcha jazo tariqasida tayinlanishi mumkin.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov