Янгиликлар
YOʻLLANMA XATI.
YOʻLLANMA XATI.
Yoʻllanma xatlari uning qabul qiluvchisiga quyidagi maqsadlarda yuboriladi: yuborilayotgan hujjat haqida maʼlumot berish maqsadida;
ilova qilinayotgan hujjat borasida qoʻshimcha tushuntirish va izoh berish zaruriyati yuzaga kelganida uning ijro muddatini koʻrsatish, topshiriq muddatini kechikishning sabablarini tushuntirish maqsadlarida.
Yoʻllanma xatlaridagi asosiy murojaatlar “yuborilmoqda”, “yoʻllanmoqda”, “taqdim etilmoqda”, “qaytarilmoqda”, “taklif etilmoqda” kabi soʻzlari orqali amalga oshiriladi.
Yoʻllanma xatlariga misol sifatida, quyi tashkilotning yuqori tashkilotga muayyan topshiriq yuzasidan hisobotlarni taqdim etishga doir xatlarini keltirishimiz mumkin. Yoki bir tashkilotning boshqa tashkilot tomonidan yuborilgan hujjat loyihasi yuzasidan takliflarni yuborish toʻgʻrisidagi xatlarini misol qilib keltirishimiz mumkin.
Yangi yoʻl tumani Adliya boʻlimi
YXKM Bosh yuriskonsult Sh.Amriyev