Янгиликлар
Yuristmi yoki yuriskonsult?
Yuristmi yoki yuriskonsult?
“Yurist” termini haqida gap ketganda asosan, maxsus yuridik maʼlumotga ega boʻlgan, huquq sohasida faoliyat yuritadigan huquqshunoslar, huquqshunos olimlar va amaliyotchi mutaxassislar doirasini tushunamiz.
Yurist soʻzi lotincha jus, nemischa va inglizchada jurist soʻzlaridan olingan va oʻzimizning tilda huquq maʼnosida keladi. Yurist huquqshunoslik va yuridik sohadagi mutaxassis va mazkur sohadagi amaliyotchi shaxs sifatida gavdalanadi.
“Yuriskonsult” tushunchasi shuni anglatadiki, u kasb sifatida aniq bir yoʻnalish yoki biror bir korxona va tashkilotda faoliyat yurituvchi va mazkur yoʻnalish yoki korxona va tashkilot faoliyatining qonuniyligini taʼminlovchi, ularning uchinchi shaxslar bilan bogʻliq munosabatlarini, huquqiy aloqalarini huquqiy jihatdan muvofiqlashtirib boruvchi, yuridik maslahai beruvchi yuridik xizmat xodimidir.
Yuriskonsultlar aniq bir lavozim va kasb maʼnosida keladi hamda toifa nuqtayi-nazaridan yuriskonsult, katta yuriskonsult, yetakchi yoki bosh yuriskonsult kabi lavozimlardan iborat boʻladi.
Yuriskonsult lotincha juris-consultus soʻzidan olingan, mazmun jihatidan huquq maslahatchisi yoki huquqshunos maʼnolarini anglatadi. Yuriskonsult tashkilotning shtatidagi xodim sifatida ushbu tashkilotning huquq va manfaatlarini himoya qiladi hamda tashkilot faoliyatining qonuniyligini taʼminlaydi.
Shunday qilib, biz yurist va yuriskonsult tushunchalarini qisqa va loʻnda til bilan aytganda quyidagicha farqlay olamiz:
1. Yurist – bu umumiy va keng tushuncha boʻlib butun sohani qamrab oladi, aksincha, yuriskonsult esa tor tushuncha sifatida maxsus lavozim sifatida sohaning muayyan bir tarmogʻini qamrab oladi;
2. Yurist – bu mutaxassislik, yuriskonsult esa muayyan bir tashkilotning korporativ huquq va manfaatlarini ifoda etuvchi kasb hisoblanadi.
Yangi yoʻl tumani Adliya boʻlimi
YXKM Bosh yuriskonsult Sh.Amriyev