Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Yuristmisiz? Tamom: bilmayman deyishga haqqingiz yoʻq!


Yuristmisiz? Tamom: bilmayman deyishga haqqingiz yoʻq!

Bir narsani bilib oling, yurist uchun eng nomaqbul fikrlardan biri – bu “men bu narsani bilmayman” deyishdir. Bunday fikrdan doimo uzoq yurish kerak, chunki har kim ham “bilimli boʻlib, yoki bilib tugʻilmagan”.

Berilgan masala yoki savol ayni paytda yurist uchun murakkab yoki mavhum boʻlsa, bunday holatda, u agar masala rahbariyat topshirigʻi boʻlsa, maʼlum bir muddat berilishini soʻrashi, ushbu muddat mobaynida masalani chuqur oʻrganib, tahlil qilishi hamda uning yechimi yuzasidan oʻz xulosasini bildirishi lozim.

Korxonaning biror-bir xodimi murojaat qilganida ham shunday yoʻl tutilishi kerak, bunda xodimdan:

- masalaning muammoli tomoni;

- uni hal etishda oʻsha xodimning oʻzi tomonidan koʻrilgan choralar;

- ushbu choralar ish bermaganligining sabablari;

- shuningdek, masalaning korxona uchun ahamiyati kabi muhim holatlar yuzasidan zarur maʼlumotlarni olishi, soʻngra oʻzaro muvofiq boʻlgan maʼlum bir vaqtni belgilab, oʻrganib chiqishini hamda natijasi boʻyicha xodimga habar berishini aytishi kerak.

Ushbu vaqt ichida oʻzida mavjud boʻlgan huquqiy imkoniyatlar, yuridik adabiyotlar, ijtimoiy tarmoqlardagi huquqiy saytlar va dasturlardan foydalangan holda masalani batafsil oʻrganib, tahlil qilishi hamda uning yechimiga qaratilgan xulosasi hamda takliflarini berishi kerak.

Shu bilan birga, bunday masalalar va izlanishlar yuristda unutilmas amaliyot boʻlib qolishi kerak, chunki kelgusi safar, u aynan shu kabi oʻxshash masalalar koʻtarilganda, ularni tezkorlik bilan hal etishi mumkin boʻladi.

Yangi yoʻl tumani Adliya boʻlimi

YXKM Bosh yuriskonsult                                           Sh.Amriyev