Янгиликлар
YURISTLAR UYUSHMALARI VA USTOZ-SHOGIRD TAMOYILI
YURISTLAR UYUSHMALARI VA USTOZ-SHOGIRD TAMOYILI
Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan koʻplab mamlakatlarida yuristlar uyushmalari va assotsiatsiyalari faoliyat yuritadi. Ulardagi ibrat olsa boʻladigan eng yaxshi anʼanalardan biri, aynan “ustoz-shogird” anʼanasidir. Bunday uyushmalarga aʼzo boʻlgan turli sohalardagi yuristlar oʻrtasida doimiy va uzviy muloqot tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
Tez-tez oʻtkazib turiladigan yigʻilishlarda muayyan bir murakkab huquqiy masala oʻrtaga tashlanadi va nazariyachi yuristlar va yuqori malakaga ega boʻlgan amaliyotchi yuristlar xulosalarini bildirishlari, tajriba almashishlari orqali, masalaning eng samarali boʻlgan yechimi tanlanadi.
Bunday yigʻilishlardagi huquqiy maslahatlar, ijobiy ruhdagi munozaralar, ustoz yuristlarning amaliyotidan keltirilgan noyob misollari yigʻilishda ishtirok etgan yosh yuristlarimiz uchun juda foydali boʻladi.
Chunki yuridik xizmat faoliyatining eng muhim mezonlaridan biri – bu oʻzaro muloqotdir. Bir nechta yuristning huquqni qoʻllash boʻyicha oʻz tajribalarini boʻlishishi, ularning har birihuquqiy jihatdan jumboqli savollarga javoblar topib beradi.
Ijobiy ruhda oʻtkazilgan har bir uchrashuv, ustozlarning maslahatlari yosh yuristlarimiz uchun yangicha yondashuvlar va yangicha uslublarni yaratilishiga zamin yaratadi.
Bizda – Oʻzbekistonda ham 90 yillarda nodavlat-notijorat tashkiloti sifatida Oʻzbekiston yuristlari uyushmasi tashkil etilgan. Haqiqatdan ham, yuristlar uyushmasining tashkil etilishi va uning amalda samarali faoliyati jamiyatimizning huquqiy xayotida faqatgina ijobiy ahamiyat kasb etar edi.
Fikrimcha, oʻsha 90-yillarda tashkil etilgan ushbu NNT amalda faoliyat yuritmadi.
Yangi yoʻl tumani Adliya boʻlimi
YXKM Bosh yuriskonsult Sh.Amriyev