Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Agar xodim majburiy malaka oshirishga yuborilsa, ish haqi va ustamalar saqlanib qolinadimi?


Agar xodim majburiy malaka oshirishga yuborilsa, ish haqi va ustamalar saqlanib qolinadimi?

Mehnat kodeksining 370-moddasi uchinchi qismiga koʻra xodim ish beruvchi va xodim uchun majburiy boʻlgan qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, ish beruvchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida xodimning ish joyini (lavozimini) va oʻrtacha ish haqini saqlab qolishi shart.

Mana shu qoidaga binoan xodim majburiy malaka oshirishga jalb qilinganda, uning oʻrtacha oylik ish haqi toʻlanadi. Bunda Mehnat kodeksining 257-moddasiga asosan xodimning oʻrtacha oylik ish haqi hisoblanadi.

Ushbu moddaning uchinchi qismiga koʻra Mehnatga haq toʻlashning vaqtbay tizimidagi xodimlarning oʻrtacha ish haqi xodimning oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi oxirgi kalendar oy uchun tarif stavkasi (lavozim maoshi) miqdoridan kelib chiqib, xodimning oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi oʻn ikki kalendar oy uchun ustamalar, mukofotlar va boshqa toʻlovlar (ushbu Kodeks 248-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ish haqining qoʻshimcha qismi) summasining oʻn ikkidan bir qismi oʻrtacha ish haqiga jamlangan holda belgilanadi.

Mana shu qoidaga koʻra xodimning ustamalari uning oʻrtacha ish haqini hisoblashda qoʻshiladi.

Demak, sizga ham malaka oshirish davrida yuqoridagi qoidaga muvofiq oʻrtacha oylik ish haqingiz toʻlanadi.

 

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                                   S.Djamalov