Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

TALABNOMA XATI.


TALABNOMA XATI.

Talabnomalar odatda xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida shartnoma va bitimlar yuzasidan yuzaga kelgan nizolarni sudgacha boʻlgan bosqichda hal etish maqsadida yuboriladi.

Bundan tashqari, xodimlar tomonidan ish beruvchining mol-mulkiga yetkazilgan zararlarni undirish borasida ham zararni qoplamagan xodimga yozma ravishda talabnoma yuborilishi mumkin.

Bunda talabnoma xatlarida bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan majburiyatlar yuzasidan toʻlov majburiyatini bajarish, yetkazilgan zararani bartaraf etish, aks holda sudga daʼvo talablari bilan chiqish yuzasidan qabul qiluvchi tashkilot ogohlantiriladi.

Aytish joizki, talabnomalar tashkilotning xatni qabul qiluvchiga nisbatan sud organlariga daʼvo arizasi yoki sud buyrugʻi chiqarish toʻgʻrisidagi arizalar kiritish uchun asos boʻladigan hujjatlardan biri sanaladi va aynan ushbu hajjatlarga ilova sifatida sud organlariga taqdim etiladi.

Yangi yoʻl tumani Adliya boʻlimi

YXKM Bosh yuriskonsult                                           Sh.Amriyev