Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

TUSHUNTIRISH XATI.


TUSHUNTIRISH XATI.

Tushuntirish xati – har qanday fakt va xodisaning sabablarini (ish joyida yoʻqligi, kechikish, mehnat vazifalarini buzish, ish beruvchining mulkiga zarar yetkazish va boshqalar) tushuntirib beruvchi hujjatdir.

Tushuntirish xati odatda qoʻl bilan yozilishi maqsadga muvofiq. Tushuntirish xatining shakliga (qoʻlda yoki kompyuterda yozilishiga) nisbatan qonun hujjatlarida hech qanday talab belgilanmagan.

Shuning uchun maʼlum bir tashkilotlarda qabul qilingan ish yuritish shakliga muvofiq tushuntirish xati kompyuterda ham yozilishi mumkin.

Tushuntirish xatiga qoʻyilgan talablar oddiy, yaʼni tushuntirish xatlari:

umumiy soʻz birikmasidan iborat boʻlmasligi kerak, tushuntirish xatining matni rasmiy ish yurituvi qoidalariga muvofiq tayyorlanadi;

tushuntirish xatida koʻrsatilgan maʼlumotlar ishonchli va zarur hollarda isbotlanishi kerak;

har qanday holatda xodimning oʻzi tomonidan va uning nomidan yozilishi zarur;

xodim tomonidan imzolanishi va xatda yozilgan vaqti koʻrsatilishi shart.

Kadrlar xizmati faoliyatida uchraydigan tushuntirish xatlari asosan, mehnat intizomining buzilishi va buning sabablarini aniqlashga oid tushuntirish xatlari qoʻllaniladi. Albatta, unutmaslik kerak:

TUSHUNTIRISH XATI XODIM TOMONIDAN ISH BERUVCHINING NOMIGA YOZILADI.

Bunday tushuntirish xatlarida sodir etilgan mehnat intizomining buzilishiga oid barcha haqiqiy holatlar aniqlanishi mumkin, yaʼni amalda ish jarayonida notoʻgʻri xatti-harakatlar sodir etilgan boʻladi va bunda xodimning bevosita aybi nimada ekanligi aniqlanadi.

Koʻpincha, kadrlar xizmati xodimi muayyan mehnat xodisasi yuzasidan ushbu xodisaga aloqador xodimdan tushuntirish xati soʻraganda, xodim bu holatni keskin munosabat sifatida qabul qiladi.

Masalan, ushbu holat mehnat intizomiga aloqador boʻlsa, xodim “rahbar menga intizomiy jazo qoʻllamoqchi” deb tushunadi. Yoʻq, aslida bunday emas, kadrlar xizmati xodimi ham xodimdan tushuntirish xati soʻrashda mavjud mehnat xodisasi (masalan ishga kechikib kelishi)ning real sabablarini tushuntirib berish maqsadida talab qilinayotganligini izohlab berishi kerak.

Chunki har qanday mehnat hodisasi ham xodim tomonidan ataylabdan qilinmasligi va mavjud vaziyatda xodimda uzrli sabablar boʻlishi mumkin.

Xodim tushuntirish xati yozib berishdan bosh tortishi va bu harakatni qilishni keskin rad etishi ham mumkin. Bu holatda, mavjud mehnat intizomining buzilishi faktida xodimning ishtiroki va uning aybli yoki aybsizligi qanday aniqlanadi?

Birinchi navbatda, yuqoridagi oʻrinlarda keltirib oʻtganimizdek, xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzish kerak boʻladi.

 

Shu bilan birga, sodir etilgan nojoʻya xatti-harakatni ushbu harakatning guvohi va ishtirokchisi boʻlgan boʻlgan xodimlar ishtirokida tuzilgan “mehnat intizomining buzilishi toʻgʻrisidagi dalolatnoma”asosida rasmiylashtirish, unda mehnat intizomining buzilganligi va ushbu intizom aynan kim tomonidan buzilganligi, uzrli yoki uzrsiz sabablar kabi muhim maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim.

Yangi yoʻl tumani Adliya boʻlimi

YXKM Bosh yuriskonsult                                            Sh.Amriyev