Янгиликлар
KIMDA USTAV, KIMA NIZOM BOʻLADI?
KIMDA USTAV, KIMA NIZOM BOʻLADI?
Ustav – xoʻjalik yurituvchi subyektning tuzilmasi, faoliyat yoʻnalishi, funksiyasi, huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi lokal-huquqiy hujjatdir. Ustav yuridik shaxslarning taʼsis hujjati hisoblanadi.
Eʼtibor bering, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 43-moddasida shunday qoida mavjud:
yuridik shaxs USTAV asosida yoki taʼsis shartnomasi yoki ustav asosida yoxud faqat taʼsis shartnomasi asosida ish olib boradi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda TIJORATCHI TASHKILOT BOʻLMAGAN YURIDIK SHAXS SHU TURDAGI TASHKILOTLAR XAQIDAGI NIZOM ASOSIDA ish olib borishi mumkin.
DEMAK, TAʼSIS HUJJATLARI SIFATIDA:
- tijorat faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin boʻlgan tashkilotlar (masalan, MCHJ, AJ, DUK, SHK, XK)da USTAV;
-qonunda nazarda tutilgan tijoratchi hisoblanmagan tashkilotlarda (masalan, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari kabilarda) NIZOM boʻladi.
Yangi yoʻl tumani Adliya boʻlimi
YXKM Bosh yuriskonsult Sh.Amriyev