Янгиликлар
MASʼULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT BILAN QOʻSHIMCHA MASʼULIYATLI JAMIYATNING FARQLARI?
MASʼULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT BILAN QOʻSHIMCHA MASʼULIYATLI JAMIYATNING FARQLARI?
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan taʼsis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) taʼsis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga boʻlingan xoʻjalik jamiyati masʼuliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi.
Masʼuliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bogʻliq zararlar uchun oʻzlari qoʻshgan hissalar qiymati doirasida javobgar boʻladilar.
Masʼuliyati cheklangan jamiyatning oʻz hissasini toʻla qoʻshmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari boʻyicha har bir ishtirokchi hissasining toʻlanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar boʻladilar.
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan taʼsis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) taʼsis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlardagi ulushlarga boʻlingan xoʻjalik jamiyati qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat deb hisoblanadi.
Bunday jamiyatning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mol-mulklari bilan hamma uchun bir xil boʻlgan va qoʻshgan hissalari qiymatiga nisbatan jamiyatning taʼsis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar boʻladilar.
Yangi yoʻl tumani Adliya boʻlimi
YXKM Bosh yuriskonsult Sh.Amriyev