Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

QARZ UNDIRISH ISHLARINI TASHKIL ETISH


QARZ UNDIRISH ISHLARINI TASHKIL ETISH

Korxonada yuristning talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish jarayoni bilan bogʻliq mavjud debitorlik qarzdorliklarni undirish borasidagi xizmatlari juda muhim ahamiyatga ega.

Qarzdorliklarni undirish masalasida yurist quyidagi tadbirlarga alohida ahamiyat qaratishi lozim boʻladi:

- yuzaga kelgan qarz majburiyatlariga doir mavjud vaziyatning barcha jihatlarini amaldagi qonun hujjatlaridan kelib chiqib baholash;

-qarzdorlik summalarini tezkor va samarali undirish choralarini qoʻllash, bunda qarzni sudgacha yoki sud jarayonida undirishga qaratilgan alohida undiruv strategiyasini ishlab chiqish;

- qarz summalarini undirish boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish;

- qarzdorlik summalarini undirish usullarini qoʻllash davomida har qanday qonunbuzarliklarning oldini olish, qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻymaslik.

-Yuristning qarzdorlikni undirish bilan bogʻliq amaliy ishlar strategiyasi:

undiruv ishlari yuzasidan huquqiy maslahat va tavsiyalar berish;

mavjud qarzdorlik nizolarini sudgacha hal qilish, yaʼni talabnoma ishlarini yuritish;

qarzdorliklarni undirish boʻyicha sudga daʼvo arizasi kiritish va sud majlisida vakil sifatida ishtirok etish;

qarz mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi sud qarorlarining ijrosini nazorat qilish, yaʼni majburiy ijro byurolari bilan ishlashdan iborat boʻladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda asosiy qarzdorlik xajmini tijorat banklarining kredit va boshqa majburiyatlar boʻyicha yuzaga kelgan qarzlar, zararni qoplashdan, oldi-sotdi, pudrat-qurilish va xizmat koʻrsatishga doir boshqa turli shartnomalardan kelib chiqmoqda.

Yangi yoʻl tumani Adliya boʻlimi

YXKM Bosh yuriskonsult                                          Sh.Amriyev