Янгиликлар
Harakatsizlik orqali sodir qilingan qilmish uchun jinoiy javobgarlik
Harakatsizlik orqali sodir qilingan qilmish uchun jinoiy javobgarlik
Harakatsizlik orqali sodir qilingan qilmish uchun jinoiy javobgarlik - shaxsning oʻzi bajarishi shart boʻlgan vazifalarini real ikoniyati boʻla turib bajarmasa, lozim darajada bajarmasa va buning natijasida jinoyat qonuni bilan qoʻriqlanadigan obyektlarga zarar yetsa yoki zarar yetishining real xavfi vujudga kelsa kelib chiqadi.
Masalan: JK 116-moddasida Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilangan. Unga koʻra Shaxsning oʻz kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda boʻlishi tufayli kasb yuzasidan oʻz vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa javobgarlik kelib chiqadi.
Harakatsizlik orqali sodir etilgan jinoyatlarda oqibat kelib chiqmasa shaxsni jinoiy javobgarlikka tortib boʻlmaydi.
Masalan: Yuqoridagi moddada aytilganidek shaxs oʻz vazifalarini bajarmasa yoki lozim darajada bajarmasa ham badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilmasa jinoiy javobgarlik kelib chiqmaydi.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov