Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Qilmish javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi kvalifikatsiya belgilari mavjud holatlarda


Qilmish javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi kvalifikatsiya belgilari mavjud holatlarda

(masalan, oʻta shafqatsizlik bilan odam oʻldirish) va shu bilan birga, aynan shu qilmishni javobgarlikni yengillashtiradigan holatlarda sodir etilgan deb kvalifikatsiya qilish uchun asos boʻluvchi boshqa belgilar (masalan, kuchli ruhiy hayajonlanish holati) mavjud holda sodir etilsa, jinoyatlar majmui mavjud boʻlmaydi.

Qilmish bunday holda Jinoyat kodeksining mazkur jinoyat uchun yengilroq javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.

Masalan: kuchli ruhiy hayajonlanish holatida oʻta shafqatsizlik bilan odam oʻldirish faqat JK 98-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.

Agar aynan bir jinoyatni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni yengillashtiruvchi kvalifikatsiya belgilari Jinoyat kodeksining bir necha moddasida nazarda tutilgan boʻlsa, qilmish Jinoyat kodeksining javobgarlikni koʻproq yengillashtiruvchi moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.

Masalan: zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib va kuchli ruhiy hayajonlanish holatida odam oʻldirish faqat JK 100-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.

 

2008-yil 5-maydagi “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi Oliy Sudi Plenumi qarorining) 9-bandi.

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                                   S.Djamalov