Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Dekret davri ish stajini hisoblashda qanday aniqlanadi?


Dekret davri ish stajini hisoblashda qanday aniqlanadi?

Maʼlumki, bola 3 yoshga toʻlgunga qadar, bolani parvarishlash taʼtillarida boʻlish vaqti, biroq jami koʻpi bilan 6 yil ish stajiga qoʻshilishi qonunchilikda belgilangan.

Bu nima degani?

Misol uchun, ayol kishining 30 yil mehnat staji davomida 3 nafar farzandi uchun ish stajining 8 yili mobaynida parvarishlash (dekret) taʼtillarida boʻlgan boʻlsa, u holda fuqaroga pensiya tayinlash uchun ish staji hisoblashda jami 28 yil ish staji hisoblanadi

Yaʼni, 30 yil - 8 yil + 6 yil = 28 yil.

Eslatma: Bolani parvarishlash taʼtilida boʻlish davri (shu jumladan, puli toʻlanadigan taʼtilda boʻlish) yoshga doir imtiyozli pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajiga qoʻshilmaydi.

 

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                                   S.Djamalov