Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Tashkilotga kasaba uyushmasi qoʻmitasi boʻlmasa, xodimni boʻshatish qanday boʻladi?


Tashkilotga kasaba uyushmasi qoʻmitasi boʻlmasa, xodimni boʻshatish qanday boʻladi?

Gap mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusiga koʻra (MK 161-moddasiga asosan) bekor qilishdan avval kasaba uyushasi qoʻmitasi roziligini olish haqida ketyapti.

Bilasiz, agar jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusiga koʻra bekor qilishda kasaba uyushmasi qoʻmitasi roziligini olish koʻrsatilgan boʻlsa, bunday rozilik olmay turib, shartnomani bekor qilib boʻlmaydi (MK 164-modda).

Tasavvur qiling, “A” tashkilotning jamoa shartnomasida ana shunday talab koʻrsatilgan, biroq, bu tashkilotda kasaba uyushmasi qoʻmitasi ham, xodimlarning boshqa vakillik organi ham tuzilmagan.

Koʻpchilik “boʻldi, bunaqa holatlarda kasaba uyushmasi qoʻmitasi roziligini olish shart emas, chunki uning oʻzi yoʻqku” deb oʻylaydi.

Xoʻsh, bu fikr toʻgʻrimi?

Doʻstlar, bunday vaziyatlarda biz Mehnat kodeksining 15-moddasi 5-qismidagi mana bu qoidalarga rioya qilamiz:

-tashkilotda kasaba uyushmasi qoʻmitasi tashkil etilmagan hollarda ish beruvchi qonunchilikka muvofiq kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishib olinishi kerak boʻlgan masalalarni hal qilish niyati toʻgʻrisida mehnat jamoasini yozma shaklda xabardor qilishi shart;

-agar axborot olingan kundan eʼtiboran ikki hafta ichida mehnat jamoasining boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotini yoki xodimlarning boshqa vakillik organini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinadigan umumiy yigʻilishi (konferensiyasi) oʻtkazilmasa, ish beruvchi tegishli masalalarni mustaqil ravishda hal qilishga haqlidir.

1. Demak, biz koʻrib chiqayotgan vaziyatda ish beruvchi mehnat jamoasiga yozma murojaat qiladi va ushbu murojaatida xodimni ish beruvchi tashabbusi bilan ishdan boʻshatmoqchi ekanini, lekin buning uchun jamoa shartnomasiga koʻra kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki boshqa vakillik organi roziligi kerakligini koʻrsatib oʻtadi.

Yuqorida mehnat jamoasi deganimizda, tashkilotda mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan barcha xodimlarni tushunamiz.

2. Yozma murojaatdan soʻng mehnat jamoasi 2 xafta ichida kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organini tashkil etish boʻyicha umumiy yigʻilish oʻtkazmasa, TAMOM!

Bunday holatlarda ish beruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini hech kimdan rozilik soʻramasdan, mustaqil tarzda bekor qilaveradi.

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                                   S.Djamalov