Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

XODIMGA TEGISHLI BOʻLGAN ISH HAQINI TOʻLIQ “USHLAB QOLISH” MUMKIN(MI)?


XODIMGA TEGISHLI BOʻLGAN ISH HAQINI TOʻLIQ “USHLAB QOLISH” MUMKIN(MI)?

 

Eʼtibor qarating, Mehnat kodeksining 271-moddasiga asosan, xodimning xohishiga koʻra ish haqi yoki uning muayyan qismi xodimning yozma arizasida koʻrsatilgan miqdorlarda va muddatlarda kreditorlarga bank muassasalaridan olingan ssudalar, kreditlar, kommunal toʻlovlar va boshqa xarajatlarni toʻlash uchun yuborilishi mumkin.

Bunda, Mehnat kodeksining 270-moddasida belgilangan “har bir toʻlov chogʻida ish haqidan ushlab qolingan mablagʻlarning umumiy summasi xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining 50 foizidan oshishi mumkin emas” deb koʻrsatilgan holatga hamda “axloq tuzatish ishlari tarzida jazo tayinlangan xodimning jazosidan va aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlik uchun ish haqini ushlab qolish miqdori xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining 70 foizidan oshishi mumkin emas” deb koʻrsatilgan cheklovlarga nisbatan tatbiq etilmasligini inobatga olaverasiz, yaʼni xodimda oʻzining xohishiga koʻra ish haqini 100 foiz miqdorida ham tasarruf etish huquqi mavjud.

Masalan, xodim ish beruvchiga yozma ariza yozib, bankdan olgan kreditini yoki kommunal toʻlovlarni toʻlash uchun oʻziga hisoblangan ish haqini 100 foiz miqdorida oʻtkazib, oyma-oy toʻlab borishi mumkin.

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                                           S.Djamalov