Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Qilmishning bir guruh shaxslar tomonidan va ishtirokchilikda sodir etishning farqi turlichadir


Qilmishning bir guruh shaxslar tomonidan va ishtirokchilikda sodir etishning farqi turlichadir

Qilmishning bir guruh shaxslar tomonidan va ishtirokchilikda sodir etishning farqi turlichadir A) ishtirokchilik – bu jinoiy qilmishning epizotik funksiyaviy vazifalar taqsimoti asosida sodir etilishi hisoblanadi. Unga koʻra qilmishning sodir etilish bosqichlari ishtirokchilar tomonidan oldindan kelishilib, vazifalar taqsimlanadi va bajaruvchi, yordamchi, tashkilotchi hamda dalolatchilar faqat oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan namoyon boʻladi.

B) bir guruh shaxslar – bu qilmishning oldindan rejalashtirilib, bir guruh boʻlib sodir etilishidir yaʼni, barcha ishtirokchilarning “bajaruvchi” vazifasini amalga oshirishlaridan iborat.

Odam oʻldirishni JK 97-modda 2-qismi «p» bandi bilan toʻgʻri kvalifikatsiya qilish uchun jinoyatning barcha ishtirokchilari jabrlanuvchini oʻldirishga qasd qilganligini aniqlash zarur. Odam oʻldirish uchun yagona qasd bilan birgalikda harakat qilgan va jabrlanuvchini oʻldirish jarayonida bevosita ishtirok etgan shaxslarni jinoyatning ijrochilari, deb eʼtirof etish kerak boʻladi.

Agar bir guruh shaxslar tomonidan jabrlanuvchining sogʻligʻiga shikast yetkazilsayu, guruh aʼzolaridan biri, qolgan ishtirokchilarning xayoliga kelmagani holda, uni qattiq urib oʻldirgan boʻlsa, uning bu harakati OʻzR JK 97-modda 2-qismi “p” bandi bilan kvalifikatsiya qilinmaydi. Bunday hollarda aybdorning qilmishini sodir etilgan jinoyatning motivini inobatga olgan holda, odam oʻldirish deb, jinoyatning qolgan ishtirokchilarining qilmishini esa bir guruh shaxs­lar tomonidan jabrlanuvchining sogʻligʻiga shikast yetkazish deb kvalifikatsiya qilish lozim.


Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                                                  S.Djamalov