Янгиликлар
Tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Tovarlarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish quyidagi talablar va shartlarlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi:
vaqtincha olib kirilayotgan tovarning bojxona organlari tomonidan identifikatsiyalanishi mumkinligi;
agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa, ushbu organlarning ruxsatnomalari bojxona organlarining axborot tizimida mavjud boʻlishi.
Vaqtincha olib kirilgan tovar oʻzgarmas holatda qolishi shart. Vaqtincha olib kirilgan tovar bilan uning but saqlanishini taʻminlash uchun zarur operatsiyalarni, shu jumladan mayda taʻmirlash operatsiyalarini, bundan uni kapital taʻmirlash va modernizatsiya qilish mustasno, texnik xizmat koʻrsatish va tovarni soz holatda saqlab turish uchun zarur boshqa operatsiyalarni amalga oshirishga, basharti bunday operatsiyalarni amalga oshirish natijasida tovar qiymati uning vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan paytdagi qiymatiga nisbatan oshib ketmasa, yoʻl qoʻyiladi.
Ilgari boshqa bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda joylashtirilishi mumkin.
Quyidagi tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin emas:
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlar;
chiqindilar;
elektr energiyasi, suv, quvurlar orqali yetkazib beriladigan tovarlar (neft, gaz), shuningdek yoqilgʻi;
sarf qilinadigan materiallar va sarf qilinadigan namunalar, xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar;
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan olib kiriladigan avtotransport vositalari, bundan xalqaro yuk tashishni amalga oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalarida belgilangan hollar mustasno.
Ushbu modda toʻrtinchi qismining beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan tovarlarni faqat reklama, namoyish qilish va ilmiy-tadqiqot maqsadlarida bitta nusxadan vaqtincha olib kirishga yoʻl qoʻyiladi.
Vaqtincha olib kirilgan tovarning bojxona nazoratini uning bojxona rasmiylashtiruvini bajargan bojxona organi amalga oshiradi.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov