Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga oʻtkazish


Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga oʻtkazish

Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga oʻtkazishga, unga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga berishga quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi:

tovarni yoki unga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazuvchi vakolatli shaxs bojxona organini oldindan yozma shaklda xabardor etadi;

tovarga boʻlgan huquqni oluvchi vakolatli shaxs ushbu tovarga nisbatan tanlangan bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etgan holda bojxona deklaratsiyasini bojxona organiga taqdim etadi.

Vakolatli shaxsning tovarga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqi bojxona deklaratsiyasi bojxona organiga berilgan paytdan eʻtiboran boshqa shaxsga oʻtkazilgan deb hisoblanadi. Bojxona deklaratsiyasi berilgan paytda mazkur shaxsda bojxona rejimiga rioya etilishini taʻminlash bilan bogʻliq boʻlgan

Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarning ushbu birinchi qismiga muvofiq boshqa shaxsga oʻtkazilganligi bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni saqlash muddatini toʻxtatib turmaydi va uzaytirmaydi.

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                                                  S.Djamalov