Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Bojxona identifikatsiyalashi


Bojxona identifikatsiyalashi

Bojxona identifikatsiyalashi tovarlar, transport vositalari va hujjatlar, shuningdek bojxona nazorati ostida boʻlishi lozim boʻlgan tovarlar turgan yoki turishi mumkin boʻlgan xonalar va boshqa joylarning bojxona identifikatsiyalash vositalarini qoʻllash yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Bojxona identifikatsiyalash vositalari quyidagilardan iborat:

qoʻyilgan plombalar, muhrlar;

yozilgan raqamli, harfli tamgʻalar va boshqa xildagi tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari;

bosilgan shtamplar;

olingan namunalar va nusxalar;

tuzilgan tavsiflar, chizmalar;

tayyorlangan katta tasvirlar, rasmlar, fotosuratlar va videotasvirlar;

tovarning kuzatuv hujjatlari va boshqa hujjatlar;

yopishtirilgan maxsus nakleykalar va himoya moslamalari;

tovarning joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan plombalar va muhrlar qoʻyilgan, transport vositalarining yuk boʻlimlariga joylashtirilgan, bojxona maqsadlari uchun zarur tovarning kuzatuv hujjatlari;

seyf-paketlarga joylashtirilgan, bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan hujjatlar;

qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari.

Bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona organlari tomonidan oʻzgartirilishi, olib tashlanishi yoki yoʻq qilinishi mumkin, bundan tovarlarning va transport vositalarining yoʻq qilinishi, qayta tiklab boʻlmaydigan tarzda yoʻqotilishi yoki jiddiy tarzda buzilishi haqiqiy xavfi boʻlgan hollar mustasno. Bojxona organlariga bojxona identifikatsiyalash vositalari oʻzgartirilganligi, olib tashlanganligi yoki yoʻq qilinganligi toʻgʻrisida darhol xabar beriladi va haqiqiy xavf mavjudligining dalillari taqdim etiladi.

Tovar joʻnatuvchilar va tashuvchilar tomonidan, shuningdek chet davlatlarning bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qoʻyilgan plombalar, muhrlar yoki boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona identifikatsiyalash vositalari sifatida eʻtirof etilishi mumkin.

Bojxona identifikatsiyalash vositalarining qoʻllanilish va tayyorlanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                                                  S.Djamalov