Янгиликлар
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʻlumotlar
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʻlumotlar
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona organlariga roʻyxati va topshirilish muddatlari belgilangan hujjatlar hamda maʻlumotlar taqdim etilishi kerak.
Tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organlarining axborot tizimidagi toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻi boʻyicha bojxona toʻlovlari toʻlanganligi (bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga muhlat berilgan hollar bundan mustasno) toʻgʻrisidagi, xizmat koʻrsatuvchi banklar (gʻaznachiliklar) tomonidan taqdim etiladigan maʻlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Tegishli bojxona rejimiga joylashtirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olinishini talab etuvchi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda bojxona organi bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatning mavjudligini tekshiradi.
Bojxona organlarining axborot tizimida tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda bojxona organlari bojxona rasmiylashtiruvini rad etish huquqiga ega.
Ushbu koʻrsatilgan tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz tovarning chiqarib yuborilishiga yoʻl qoʻygan bojxona organining mansabdor shaxsi belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʻlumotlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-saytida eʻlon qilinishi lozim.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov