Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Deklaratsiyalash usullari


Deklaratsiyalash usullari

Tovarlarni deklaratsiyalash:

a) ogʻzaki shaklda:

jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonunchilikda belgilangan tovarlarni bojsiz olib kirish normalaridan oshmaydigan tovarlari deklaratsiyalanayotganda;

qonunchilikda belgilangan normadan oshmaydigan, yozma shaklda deklaratsiyalash shart boʻlgan summadagi naqd milliy va chet el valyutasi;

b) yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasidan foydalanilgan holda:

jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonunchilikda belgilangan tovarlarni bojsiz olib kirish normasidan oshadigan tovarlarining;

jismoniy shaxsning yashash joyi oʻzgarganda (avvalgi yashash joyidan hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisida qayd mavjud boʻlgan holda) uning shaxsiy mol-mulki boʻlgan tovarlarning, bundan avtotransport vositalari mustasno;

jismoniy shaxs bojxona hududiga kirguniga yoki bu hududdan chiqquniga qadar yoki keyin olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan, alohida kuzatib boriladigan bagajda bojxona chegarasidan olib oʻtiladigan notijorat maqsadlardagi tovarlarning;

qonunchilikda belgilangan normadan oshadigan, yozma shaklda deklaratsiyalash shart boʻlmagan summadagi naqd milliy va chet el valyutasi;

qonunchilikka muvofiq tegishli taqiqlar va (yoki) cheklovlar belgilangan tovarlarning;

v) bojxona yuk deklaratsiyasidan foydalanilgan holda:

yuridik shaxslar uchun va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar uchun tovarlarning, bundan tutilgan hollar mustasno;

jismoniy shaxslarning tijorat maqsadlaridagi tovarlarining;

g) tovarning kuzatuv hujjatlaridan foydalanilgan holda:

yuridik shaxslar uchun va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar uchun qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda, bundan tovarlar tashqi savdo kontraktlari (shartnomalari, kelishuvlari) boʻyicha majburiyatlarni bajarish doirasida olib oʻtilayotgan va qonunchilikda belgilangan boshqa hollar mustasno;

xorijdagi koʻrgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun moʻljallangan, ushbu tovarlarni deklaratsiyalash kunida rasmiy ayirboshlashning qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha besh ming AQSh dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi tovarlarni olib chiqishda, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;

.

qiymati rasmiy ayirboshlashning ushbu tovarlarni deklaratsiyalash kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha besh ming AQSh dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi tovarlarni umumjahon Internet tarmogʻida onlayn doʻkonlari orqali eksport qilish chogʻida amalga oshiriladi.

d)— elektron shaklda;

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                                                  S.Djamalov