Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qoʻrqitish.


Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qoʻrqitish.

         Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ–459-sonli Qonuniga asosan amaldagi Jinoyat kodeksiga 411-modda (jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qoʻrqitish) kiritildi.

          Unga koʻra, jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qoʻllash bilan qoʻrqitish natijasida ushbu Kodeks bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazilishi, agar bunday majburlash yoxud qoʻrqitish oqibatida shaxs oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan boʻlsa, jinoyat hisoblanmaydi.

          Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qoʻrqitish – jinoyat qonuni bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazish maqsadida kuch ishlatish yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilish.

            Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qoʻrqitish orqasida jinoyat qonuni bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik istisno etiladi.

            Jinoyat qonuni bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qoʻllash bilan qoʻrqitish natijasida zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisidagi masala, agar bunday majburlash yoki qoʻrqitish oqibatida shaxs oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan boʻlsa, JKning 38moddasi qoidalari qoʻllaniladi. Bunga misol tariqasida jismoniy zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish yoki jismoniy majburlash orqali shifokor akusher yoki ginekolog tomonidan davolash muassasalaridan tashqari joylarda yoki tibbiy nuqtayi nazardan mumkin boʻlmagan holda sunʻiy ravishda homila tushirishni keltirish mumkin

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                                                  S.Djamalov