Янгиликлар
Qilmishning huquqqa xilofligi.
Qilmishning huquqqa xilofligi.
Jinoyatning yana bir zaruriy belgisi uning huquqqa xilofligidir. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2, 14 va 16moddalarida huquqqa xilof qilmishlarning jinoyat ekanligi koʻrsatilgan. Har bir qilmishning jinoyat ekanligi toʻgʻrisida JK Maxsus qismining moddalari dispozitsiyasida koʻzda tutilgan va oʻsha moddalarning sanksiyalarida shu jinoyat uchun jinoiy jazo belgilangan.
Shunday qilmishlar ham boʻladiki, jinoyat hisoblanmaydi, jinoyatning alomatlari rasmiy jihatdan mavjud boʻlsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli boʻlmasa, jinoyat hisoblanmaydi.
Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 36-moddasida ham kam ahamiyatli qilmishlar tushunchasi berilgan boʻlib, bunda jinoyat sifatida nazarda tutilgan qilmishning alomatlari mavjud boʻlsa-da, oʻzining kam ahamiyatliligi uchun jinoyat hisoblanmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining ayrim moddalarida muayyan qilmish uning uchun oldin maʻmuriy jazo qoʻllangandan keyin yana sodir etilsagina jinoyat deb baholanishi nazarda tutilgan. Masalan, 109-modda (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 139-modda (tuhmat), 140-modda (haqorat qilish) va hokazolar. Bunday qilmishlar birinchi marta sodir qilinsa, ijtimoiy xavfli tus olmaydi. Ammo bunday qilmish maʻmuriy jazo qoʻllangandan keyin ham sodir etilsa, u ijtimoiy xavfli tus oladi va jinoyat hisoblanadi.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov