Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi va belgilari


Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi va belgilari

           Ishtirokchilik tushunchasi – Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 27-moddasiga koʻra ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi.

            Ishtirokchilikda jinoyat sodir etish jazoni va qilmishni ogʻirlashtiruvchi holat boʻlganligi sababli qilmishni toʻgʻri kvalifikatsiya qilish hamda adolatli va qonuniy jazo tayinlashda jinoyatda ishtirokchilik tushunchasini va uning belgilarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi.

            Jinoyat kodeksining 56-moddasining “m” bandida jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlardan biri sifatida jinoyatni “bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan” sodir etilishi ifodalangan boʻlsa, ushbu kodeksning maxsus qismi moddalarida “bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa”, “bir guruh shaxslar tomonidan”, “oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan” kabi qilmishni ogʻirlashtiruvchi belgilar mavjud.

              Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat oʻz xususiyatiga koʻra yakka holda sodir etilgan jinoyatlardan xavfliroq hisoblanadi. Chunki ishtirokchilikda jinoyatni sodir etish yakka holda jinoyat sodir etishga nisbatan oson boʻladi. Bundan tashqari, jinoyatda ishtirokchilik jamiyat uchun ham ijtimoiy xavfli hisoblanadi. Yaʻni sodir etilgan jinoyat bitta boʻlsa ham, jinoyatchilar soni ikki yoki undan ortiq boʻladi.              

             Yaʻni jinoyatda ishtirokchilik jinoyat soniga nisbatan jinoyatchilar soni ortishi bilan jamiyat uchun ijtimoiy xavfli hisoblanadi. Jinoyatda ishtirokchilikning belgilari

obyektiv va subyektiv belgilarga boʻlinadi.

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                                                  S.Djamalov