Янгиликлар
Intizomiy qismga joʻnatish jazosi.
Intizomiy qismga joʻnatish jazosi.
Harbiy xizmatchilarga nisbatan tayinlanishi mumkin boʻlgan jazolardan biri intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazo boʻlib, u muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisini sud tomonidan belgilangan muddat mobaynida ichki tartibi ancha qattiq boʻlgan maxsus harbiy qismga joylashtirish orqali, muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum etishda ifodalanadi.
Intizomiy qismga joʻnatish jazosi uch oydan bir yilgacha muddatga tayinlanishi mumkin. Sud ish holatlari va muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisining shaxsini hisobga olgan holda uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻrniga shu muddatga intizomiy qismga joʻnatish jazosini qoʻllashi mumkin.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov