Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi


Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi

 

“Qarshi davlat texnika universitetini tashkil etish toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ-428-son, 10.12.2024 yil) qabul qilindi

Qarorga koʼra, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali negizida Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi.

Muhandislik, geologiya, ishlab chiqarish, qurilish, transport, energetika, axborot texnologiyalari va dasturlash, xizmat koʼrsatish hamda irrigatsiya tizimlari va agrotexnologiyalar sohalari boʼyicha kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

2025/2026 oʼquv yilidan:

qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi va atrof-muhit muhandisligi yoʼnalishlarida kadrlar tayyorlash salmogʼi oshiriladi;

talabalarning fanlarni oʼzlashtirish koʼrsatkichini va professor-oʼqituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro standartlar asosida baholash tizimi joriy etiladi;

Taʼlim xizmatlari markazi tashkil etib, talabalarga oʼqish davomida yuzaga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar boʼyicha barcha zarur xizmatlarning “yagona darcha” tamoyili asosida koʼrsatilishi yoʼlga qoʼyiladi;

iqtidorli talabalar uchun darslar xorijiy tillarda oʼqitiladigan alohida guruhlar tashkil etiladi.

Yuqoridagi OTMlarda tahsil olayotgan barcha talabalar oʼqishini Universitetda davom ettiradi va 2024/2025 oʼquv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi.

 

 

 

Bo‘ka tumani yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                               S.G‘.Jamolov