Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

483 nafar shaxs afv etildi


 

483 nafar shaxs afv etildi

 

“Jazo muddatini oʼtayotgan, qilmishiga chin koʼngildan pushaymon boʼlgan va tuzalish yoʼliga qatʼiy oʼtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʼgʼrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʼra, jami 483 nafar shaxs afv etildi, jumladan:

107 nafari jazodan toʼliq ozod qilindi,

275 nafari jazoni oʼtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi,

7 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtirildi.

Shuningdek, 94 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Аfv etilganlarning 25 nafarini chet el fuqarolari, 32 nafarini ayol, 5 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 274 nafarini yoshlar (shulardan, 104 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 6 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

 

 

Bo‘ka tumani yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                               S.G‘.Jamolov