Янгиликлар
Qishloq xoʼjaligi hamda veterinariya va chorvachilik sohalarida institutlar tashkil etiladi
Qishloq xoʼjaligi hamda veterinariya va chorvachilik sohalarida institutlar tashkil etiladi
“Qishloq xoʼjaligi hamda veterinariya va chorvachilik sohalari kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ-420-son, 04.12.2024 y.) qabul qilindi
Qarorga koʼra, quyidagilar tashkil etiladi:
Qishloq xoʼjaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti;
Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;
Ularda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga qatʼiy hisobda turadigan davlat namunasidagi hujjat hisoblanadigan sertifikat beriladi.
2025 yil 1 yanvargacha ularga nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarini bitirgan vatandoshlar va chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi.
Shuningdek, “El-yurt umidi” jamgʼarmasi institutlarning mahalliy professor-oʼqituvchilarini jamgʼarma mablagʼlari hisobidan xorijiy yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish, stajirovka va oʼqishga yuborish choralarini koʼradi.
Bo‘ka tumani yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti S.G‘.Jamolov